Foydalanish shartlari
Oxirgi yangilanish: 2026-yil 1-yanvar
1. Shartlarning predmeti
Ushbu shartlar Attendy xizmatidan foydalanish tartibini belgilaydi. Ro'yxatdan o'tish orqali siz shartlarni to'liq qabul qilasiz.
2. Hisob va ma'sullik
Hisob ma'lumotlarining (login va parol) maxfiyligi uchun foydalanuvchi javob beradi. Hisob orqali bajarilgan barcha amallar hisob egasiga tegishli deb hisoblanadi.
3. Sinov davri
Har bir yangi kompaniya uchun 7 kunlik bepul sinov davri beriladi. Sinov Business tarifi imkoniyatlari bilan ishlaydi, karta ma'lumotlari so'ralmaydi.
4. To'lov va tariflar
Tariflar oylik asosda to'lanadi. To'lov Payme yoki Click orqali amalga oshiriladi. Tarif o'zgartirilganda farq keyingi hisob davrida hisobga olinadi.
5. Muddat tugagach
Sinov yoki to'lov muddati tugagach, ma'lumotlar saqlanadi va kabinet ochiq qoladi: hisobotlarni ko'rish mumkin. Yangi amallar va xodimlarning skanerlashi tarif to'languncha to'xtaydi. Ma'lumotlar o'chirilmaydi.
6. Foydalanish qoidalari
Xizmatdan qonunga zid maqsadlarda, boshqa foydalanuvchilarga zarar yetkazish yoki tizim ishiga xalaqit berish uchun foydalanish taqiqlanadi. Bunday hollarda hisob to'xtatilishi mumkin.
7. Xizmat ko'rsatish darajasi
Biz xizmatning uzluksiz ishlashiga harakat qilamiz, biroq texnik profilaktika yoki uchinchi tomon xizmatlaridagi uzilishlar sababli vaqtinchalik to'xtashlar bo'lishi mumkin.
8. Shartlarning o'zgarishi
Shartlar yangilanishi mumkin. Muhim o'zgarishlar haqida email yoki kabinet orqali oldindan xabar beramiz.

