Maxfiylik siyosati
Oxirgi yangilanish: 2026-yil 1-yanvar
1. Umumiy qoidalar
Ushbu maxfiylik siyosati Attendy xizmatidan (keyingi o'rinlarda — Xizmat) foydalanganda shaxsiy ma'lumotlar qanday yig'ilishi, ishlatilishi va himoya qilinishini tushuntiradi. Xizmatdan foydalanish orqali siz ushbu shartlarga rozilik bildirasiz.
2. Qanday ma'lumot yig'amiz
Kompaniya nomi, mas'ul shaxsning ismi, email va telefon raqami; xodimlarning ismi va Telegram orqali ulashilgan telefon raqami; kirish belgilangan lahzadagi joylashuv koordinatalari, vaqti va filial identifikatori; texnik ma'lumotlar (qurilma turi, brauzer, IP manzil).
3. Joylashuv ma'lumoti
Joylashuv faqat QR skanerlangan lahzada, xodim roziligi bilan olinadi va faqat skan filial hududida bo'lganini tekshirish uchun ishlatiladi. Xizmat xodimlarni uzluksiz kuzatmaydi va fon rejimida joylashuvni yig'maydi.
4. Ma'lumotlardan foydalanish
Ma'lumotlar davomatni hisoblash, hisobotlar shakllantirish, xizmatni ko'rsatish va qo'llab-quvvatlash uchun ishlatiladi. Biz ma'lumotlarni reklama maqsadida uchinchi shaxslarga sotmaymiz.
5. Saqlash va xavfsizlik
Ma'lumotlar shifrlangan kanal (HTTPS) orqali uzatiladi va cheklangan huquqli serverlarda saqlanadi. Har bir foydalanuvchi faqat o'z roliga tegishli ma'lumotni ko'radi. Parollar qaytarib bo'lmaydigan shaklda saqlanadi.
6. Saqlash muddati
Davomat yozuvlari hisob faol bo'lgan davrda saqlanadi. Hisob o'chirilganda ma'lumotlar 30 kun ichida o'chiriladi, qonunchilik talab qilgan hollar bundan mustasno.
7. Sizning huquqlaringiz
Siz o'zingiz haqingizdagi ma'lumotni olish, to'g'rilash yoki o'chirishni so'rashingiz mumkin. Buning uchun quyidagi aloqa manzillariga murojaat qiling.
8. Bog'lanish
Maxfiylik bilan bog'liq savollar uchun: Telegram support yoki aloqa sahifasidagi telefon raqami orqali murojaat qiling.

